08/01/2024

2023- yilning yanvar-noyabr oylarida Yuqori Chirchiq tumanida 2 257,2 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. 2022- yilning mos davriga nisbatan 101,3 %ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 16,4 mln. so‘mga yetdi.

Tumanda 430,0 mlrd. so‘mlik iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishda hududning ulushi 2,1 %ni tashkil qildi.