05/01/2024

2023- yilning yanvar-noyabr oylarida Toshkent viloyatida kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash xizmatlari hajmi 624,2 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

Hududlar kesimida eng yuqori kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash xizmatlari hajmi Zangiota tumanida qayd etilgan (91,3 mlrd. soʻm) va o‘sish sur’ati 106,6 %ni tashkil etdi. Eng past kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash xizmatlari hajmi Oqqo‘rg‘on tumanida (13,2 mlrd. soʻm) qayd etilgan hamda o‘sish sur’ati 106,8 %ni tashkil etdi.