05/01/2024

2023 yilning yanvar–sentabr oylarida Toshkent viloyatida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 26 709,9 mlrd. so‘mni yoki 2022- yilning mos davriga nisbatan 102,1 %ni, shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari 12 101,6 mlrd. so‘mni (102,1 %), chorvachilik mahsulotlari 14 608,3 mlrd. so‘mni (102,1 %) tashkil qildi.

Xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlillar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 71,0 % – dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 14,2 % – fermer xo‘jaliklariga, 14,8 % – qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.