2023- yil 1- dekabr holatiga koʻra, savdo sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 14 773 taga yetdi. Savdo sohasining yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:
- avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari chakana savdo sohasidagi ulishi 63,2 foizni;
- avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari ulgurji savdo sohasidagi ulishi 29,5 foizni;
- avtomobil va mototsikllarning ulgurji va chakana savdosi va ularni ta’mirlash yo‘nalishida 7,2 foizni tashkil etdi.