Viloyatimida 2023- yilning yanvar-noyabr oylarida Toshkent viloyatida jami 12,2 trln. so‘mdan ortiq qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022 yilning mos davriga nisbatan 105,6 %ni tashkil etdi.
Shundan: davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 250,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.
Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 12,0 trln. so‘mlik qurilish ishlari olib borildi.
Ularning viloyatdagi ulushi mos ravishda 2,1 % va 97,9 %ni tashkil qildi.