2023-yil yanvar-sentabr oylarida Toshkent viloyatida asosiy kapitalga 28,1 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilgan.
Ulardan 73,9 % i yangi qurilishlarga yoʻnaltirilgan boʻlsa, kengaytirish, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish va texnik qayta qurollantirish boʻyicha 16,9 % hamda boshqa xarajatlarga 9,2 % investitsiyalar yoʻnaltirilgan.