2023-yilning yanvar-noyabr oylarida, Toshkent viloyatida jami 12,2 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.
Hududda bajarilgan qurilish ishlari hajmida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 20 % ni, kichik korxona va mikrofirmalar ulushi 53,2 % ni hamda norasmiy sektorda bajarilgan qurilish ishlari ulushi 26,8 % ni tashkil etgan.