27/12/2023

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha - "Mahallabay" va "Fuqarobay" tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni oʻrganish hamda ularning yechimini topish, avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Statistika agentligi ham faol ishtirok etmoqda.

1

Yangi yil munosabati bilan tashkil etilgan xayriya tadbirlarida kam taʻminlangan, boquvchisini yoʻqotgan, keksalar va nogironlar, ularning oilasi uchun alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlari berilib, ularga moddiy va maʻnaviy koʻmak koʻrsatildi.

2

3

Statistika agentligidan tuzilgan ishchi guruhi Toshkent viloyatining Bekobod shahridagi aholi, ayniqsa, keksalar, boquvchisini yoʻqotganlar, nogironlar holidan xabar olindi.

4

 Ishchi guruhi aʼzolari Bekobod shahridagi mahallalarda uyma-uy yurib fuqarolarni qiynayotgan muammolarga birgalikda yechim topish, ayniqsa, mahallalarda “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”da roʻyxatga olinganlarga alohida eʼtibor qaratib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari berishdi.

5