27/12/2023

2023- yilning yanvar-noyabr oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 53,2% ga to‘g‘ri kelib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 1,9 % punktga kamaydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2022- yilning mos davri bilan nisbatan 102,5 %ni tashkil etgan holda 6520,4 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.