27/12/2023

Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 9,3 trln. so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining (10,0 %ini) tashkil etdi. 2023- yilning yanvar-noyabr oylarida, sanoatning mazkur tarmog‘ida elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash, bug‘ bilan ta’minlash tizimlari va havoni konditsiyalashning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi 19,8 %ga oshganligi kuzatildi.