27/12/2023

2023-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, qushlar sonining hisobini oʻtkazish natijalariga asosan, respublika boʻyicha yovvoyi hayvonlarni qoʻriqlash va koʻpaytirish tadbirlarini bajaruvchi tashkilotlarda mavjud qirgʻovullarning umumiy soni 266,3 ming tani tashkil etgan.

Hududlar oʻrtasida qirgʻovullar umumiy sonining eng katta ulushi Qoraqalpogʻiston Respublikasi (50,7 %) toʻgʻri kelgan.

Shuningdek, yuqori ulush Toshkent viloyatiga (20 %), Sirdaryo viloyati (8,6 %) va Qashqadaryo viloyatida (7,8 %) qayd etilgan.