25/12/2023

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyatining barcha tuman va shaharlarida mavjud raqamsiz uylarni raqamlash va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalarga nom belgilarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.

Kuni kecha viloyatning barcha hududlarida joylashgan mahallalarda mazkur vazifalarni mutasaddi tashkilotlar tomonidan qay darajada bajarilishi Toshkent viloyati statistika boshqarmasining barcha hududiy statistika bo‘limlari xodimlari tomonidan o‘rganilmoqda.