25/12/2023

Xizmatlar sohasining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushini oshirish, joylarda xizmatlar sohasidagi mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish, xizmat turlarini kengaytirish va sifatini oshirish, tadbirkorlik subyektlarini yanada qo‘llabquvvatlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 11- maydagi PQ-5113-son qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini rivojlantirishning maqsadli parametrlari” tasdiqlandi va ularning monitoringini olib borish joriy etildi.