22/12/2023

Joriy yilning 20-dekabr kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

open_ic1_22122023

open_ic2_22122023

Mazkur uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasining ochiq maʻlumotlar sohasida amalga oshirilgan islohotlar va erishilgan yutuqlar haqida maʻlumot berildi.

open_ic3_22122023

Ushbu uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligidan Ochiq maʻlumotlar portal faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi masʻul xodimlari hamda Tojikiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligidan Qurilishda sanoat va investitsiyalar statistikasi boshqarmasi boshligʻi Asmatbekzoda Firdavs, Tojikiston Respublikasi Prezidenti devonining vakili Davlatzoda Dilovar va boshqa bir qator vakillar ishtirok etishdi.

open_ic4_22122023

Uchrashuv yakunida ikki taraflama hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va rivojlantirishga kelishib olindi.

open_ic5_22122023

Bu uchrashuv ochiq maʻlumotlar haftaligi “Open Data Week 2023” doirasida tashkil etildi.