21/12/2023

 Joriy yilning 21- dekabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi yosh xodimlarni korxonalarga ekskursiyalarini tashkil qilish va hisobotlarni shakillanish jarayonini o‘rganish maqsadida O’rta Chirchiq tumanidagi ""REAL AGRO COTTON" Mas’uliyati cheklangan jamiyatiga ekskursiya tashkil etildi.

Ekskursiya davomida xodimlar majmualarning ishlab chiqarish jarayonlari va texnologik qurilmalari, shuningdek statistik hisobotlardagi birlamchi buxgalteriya maʼlumotlarining shakllanishi bilan yaqindan tanishib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil ma’lumotlar oldi.