21/12/2023

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, 2023- yilning yanvar-noyabr oylarida viloyat korxonalari tomonidan 92 487,3 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022- yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 104,4 %ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 85,2 %ni hamda ishlab chiqarish hajmi 63 852,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.