20/12/2023

2023- yilning 20- dekabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi tomonidan Toshkent davlat Agrar universitetida talabalar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqotda qishloq xo‘jaligi statistikasi, kichik biznes va tadbirkorlik sub’yektlari to‘g‘risida amalga oshirilayotgan statistika ma’lumotlari hamda viloyatning demografik holati, doimiy aholi soni, oʻrtacha ish haqi, ilmiy ishda kerak boʻladigan statistik tahlillar, ochiqlik va shaffoflik borasida talabalar tomonidan berilgan savollarga boshqarma mutaxassislari atroflicha javob berishdi.

Shuningdek, muloqot davomida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.

Muloqot yakunida professor o‘qituvchilar va talabalarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.