Viloyatimizda 2023- yilning yanvar-noyabr oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 6 453 tani tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
- savdo sohasida – 2 692 ta
- sanoat sohasida – 1 097 ta
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 543 ta
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 566 ta
- qurilish sohasida – 429 ta
- tashish va saqlash sohasida – 237 ta
- axborot va aloqa sohasida – 168 ta
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 85 ta
- boshqa sohalarda – 636 tani tashkil etgan.