12/12/2023

2023- yilning yanvar-oktabr oylarida Yuqori Chirchiq tumanida 1 902,7 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. 2022- yilning mos davriga nisbatan 101,2 %ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 12,9 mln. so‘mga yetdi.

Tumanda 393,8 mlrd. so‘mlik iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilgan, bo‘lib iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishda hududing ulushi 2,1 %ni tashkil qildi.