2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakuniga koʻra, Toshkent viloyati boʻyicha qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 15 967,2 mlrd. soʻmni tashkil etgan.
Bu koʻrsatkich 2022-yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 2,1 %ga oʻsgan.
Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 21,7 %ni tashkil etgan.