12/12/2023

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida  Toshkent viloyatida aholi jon boshiga hisoblangan Yalpi hududiy mahsulot 25 335,4 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,7 foizga o‘sdi. O’tgan yilning shu davrida ushbu koʻrsatkich mos ravishda 22 831,4 ming so‘mni va 104,4 foizni tashkil qilgan.

Hudud iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi umumiy yalpi hududiy mahsulotning 96,2 foizini, mahsulotlarga sof soliqlar esa 3,8 foizni tashkil etdi.