12/12/2023

Toshkent viloyati bo‘yicha 2023- yil yanvar-oktabr  oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 21 425,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan  6,1 %ga ko‘paydi. Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi  3 180,4 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 108,7 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 18 245,4 mlrd. so‘mni (105,6 %), shu jumladan, uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1 851,8 mlrd. so‘mni (107,5 %) tashkil etdi.

Viloyatda chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulushni Zangiota tumani 10,8 foiz ulush bilan 2 315,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Chakana savdo tovar aylanmasida eng quyi ulushni Ohangaron tumani 1,2 foiz ulush bilan 258,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.