11/12/2023

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan Toshkentdagi Singapur menedjmentni rivojlantirish institutida talabalar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. 

1 2

Statistika agentligi direktori oʻrinbosari Zohidjon Ziyayev talabalarga agentlikning axborot tizimlari va elektron axborot resurslari hamda statistik raqamlarni shakllantirish bosqichlari va jarayonlari borasida batafsil maʼlumot berdi.

3 4

Ochiq muloqotda yalpi ichki mahsulot, tashqi savdo, xalqaro tashkilotlar bilan statistika idoralarining hamkorligi, ilmiy ishda kerak boʻladigan statistik tahlillar, ochiqlik va shaffoflik borasida talabalar tomonidan berilgan savollarga Statistika agentligi mutaxassislari atroflicha javob berishdi.

5 6

Tadbir doirasida ikki tomonlama hamkorlikdagi “Memorandum” imzolandi. 

7 8

Ochiq muloqotda faol qatnashgan talabalarga 500 ming soʻmlik vaucherlar hamda statistik kitoblar sovgʻa qilindi.