2023-yil yanvar–oktabr oylari yakunlariga ko‘ra, avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va mototsikllarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmi 4 165,6 mlrd. so‘mni tashkil etgan.
Ushbu xizmat turiga Toshkent shahrida talab nisbatan yuqori bo‘lib, avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va mototsikllarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar umumiy hajmida ushbu hududning ulushi 21,2 %ni (884,6 mlrd. so‘m) tashkil etgan.
Shu bilan birga, Toshkent (599,1 mlrd. so‘m yoki ushbu xizmatlar umumiy hajmining 14,4 %) va Farg‘ona (465,3 mlrd. so‘m yoki 11,2 %) viloyatlarida ham ko‘rsatkich ancha yuqori.