11/12/2023

Toshkent viloyati statistika boshqarmasida “9- dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.Unda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari E.Urunov hamda boshqarma xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda boshqarma bosh yuriskonsulti R.Gafforov tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida aytib o‘tdi. Korruptsiya tadbirkorlikka, fanga, ta'limga, sog'liqni saqlashga va boshqa ko'plab sohalarga jiddiy zarar yetkazadi, mamlakat korruptsiyalashgan tizimda muvaffaqiyatli rivojlana olmaydi. Chunki u umumiy boylikning qisqarishiga yoki turg'unligiga olib keladi. Korrupsion  holatlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish va kelgusida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida tegishli topshiriq va tavsiyalar berib o‘tildi.