Joriy yilning 7- dekabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida 8-dekabr Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan targ‘ibot soati bo‘lib o‘tdi.
Unda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari E.Urunov hamda boshqarma xodimlari ishtirok etishdi.
Konstitutsiya — huquq va erkinliklarimiz, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimiz, ijtimoiy adolat va birdamligimiz, demokratiya va davlat suvereniteti prinsiplariga sodiqligimizning qonuniy kafolatidir.
O’zbekiston — boshqaruvning respublika shakliga ega bo’lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat.