Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-144-son farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi turli davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar bilan amaliy tadbirlar oʻtkazib kelmoqda.
Joriy yilning 6-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida “Aholini zilzila paytida to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash” mavzusida tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda Agentlik xodimlariga Fuqaro muhofazasi instituti mutaxassislari tomonidan mavzu bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli favquloddagi vaziyatlar haqida ma’lumotlar berildi.
Statistika agentligi xodimlari oʻzlari uchun kerakli boʻlgan muhim tavsiyalarga ega boʻlishdi.