2023- yil yanvar-sentabr oylari yakunlari bo‘yicha yalpi ichki mahsulotning 10,2 foizi, sanoat mahsulotlarining 16,2 foizi, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larning 9,6 foizi, chakana savdo tovar aylanmasining 9,2 foizi, asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 12,4 foizi, qurilish ishlari hajmining 9,2 foizi, xizmatlar ishlab chiqarish hajmining 6,8 foizi, eksportning 7,7 foizi va importning 10,5 foizi Toshkent viloyati hissasiga to‘g‘ri keldi.