2023- yil 1- noyabr holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalar soni 597 tani tashkil etdi. Bu esa quyidagi sohalardagi korxonalar: sanoat bo‘yicha – 212 ta, savdoda – 175 ta, yashash va ovqatlanishda – 105 ta sonining sezilarli ko‘payishi bilan izohlanadi.
Hududlar kesimida eng ko‘pi Parkent va O‘rta Chirchiq tumanlarida 62 ta yangi oylaviy korxonalar tashkil etilgan.