27/11/2023

2023- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 15 587,8 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmining 69,2 %ini tashkil qildi va o‘sish sur’ati 2022- yil yanvar-sentabr oylariga nisbatan108,1 %ni tashkil qildi.

 Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p xizmatlar hajmi Zangiota tumani (1343,8 mlrd. so‘m), Chirchiq shahri (1275,1 mlrd. so‘m), Olmaliq shahri (1137,1 mlrd. so‘m), Qibray tumani (1 099,0 mlrd. so‘m), Toshkent tumani (1024,5 mlrd. so‘m), Angren shahri (957,9 mlrd. so‘m) va Bo‘stonliq tumani (839,7 mlrd. so‘m) hissasiga to‘g‘ri keldi.