27/11/2023

2023-yilning 24-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti “Statistikani rivojlantirish boʻyicha milliy strategiya: ustuvor vazifalar, ularning bajarilishi va istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.

1

2

Mazkur anjumanda Statistika agentligi rahbariyati, yurtimizdagi turli vazirlik va idoralar vakillari, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, mustaqil izlanuvchilar ishtirok etdi.

3

4

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universiteti, Rostov-Don Janubiy federal universiteti, Ural davlat iqtisodiyot universiteti, Qozogʻistonning Ostona shahridagi Esil universiteti, Tojikiston milliy universiteti, Tojikiston togʻ-kon metallurgiya instituti,  Kirgʻiz Respublikasi milliy universiteti va boshqa xorijiy oliy taʼlim muassasalari vakillari onlayn ravishda qatnashdi. 

5

6

Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning maqsadi – statistika sohasining ham nazariy, ham metodologik va amaliyotiga oid muammolarini aniqlash va ularning yechimi boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.

7

8

Anjuman davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Begalov Baxodir Abdusalomovich,  Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Gʻoyibnazarov Baxodir Karimovich, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Magistratura boʻlimi “Boshqaruv fanlari” kafedrasi professori, polkovnik Qobilov Sharif Raximovich mavzu yuzasidan soʻz yuritdi.

9

10

Tojikiston milliy universiteti dotsenti Boxirova Xosila Sabitovna, Qozogʻistondagi Esil universiteti “Hisob va audit” kafedrasi professori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Abdurahmanov Mirzatilla Abdullayevich ham onlayn ravishda oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtishdi.

11

Ilmiy-amaliy anjuman shoʻba yoʻnalishlari boʻyicha davom ettirildi. Unda ishtirokchilarga statistika fani rivojlanishini tadqiq etishning nazariy-uslubiy jihatlari, makroiqtisodiy statistikaning dolzarb muammolari kabi yoʻnalishlarda maʼlumotlar berildi.