27/11/2023

2023- yilning 1- noyabr holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 45 582 tani tashkil etib,   shundan 86,1 foizini (39 266 tani) kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etdi.

Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:

  • Oqqo‘rg‘on tumani – 1 248 ta
  • Ohangaron tumani– 1 268 ta
  • Bekobod tumani– 1 475 ta
  • Bo‘stonliq tumani– 2 341 ta
  • Bo‘ka tumani– 1 399 ta
  • Quyi Chirchiq tumani– 1 388 ta
  • Zangiota tumani– 5 003 ta
  • Yuqori Chirchiq tumani– 2 413 ta
  • Qibray tumani– 4 013 ta
  • Parkent tumani– 2 318 ta
  • Piskent tumani. – 1 152 ta
  • O‘rta Chirchiq tumani– 2 143 ta
  • Chinoz tumani– 1 351 ta
  • Yangiyo‘l tumani– 2 212 ta
  • Toshkent tumani– 3 118 ta
  • Nurafshon shahri– 1 315 ta
  • Olmaliq shahri– 1 854 ta
  • Angren shahri– 2 460 ta
  • Bekobod shahri– 1 517 ta
  • Ohangaron shahri– 1 156 ta
  • Chirchiq shahri– 2 900 ta
  • Yangiyo‘l shahri– 1 538 ta