23/11/2023

Statistika agentligi tomonidan yirik savdo tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

1

Joriy yilning 22-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi hamda respublikada eng yirik savdo tarmoqlaridan biri boʻlgan “HAVAS FOOD” MCHJ oʻrtasida oʻzaro hamkorlik Memorandumining imzolangani mazkur ishlarning amaliy natijalaridan biri hisoblanadi.

2

Imzolangan Memorandum doirasida tomonlar oʻrtasida oʻzaro manfaatli axborot almashuvi yoʻlga qoʻyiladi. Uchrashuvda mazkur masalalar yuzasidan konstruktiv fikr-mulohazalar bildirildi.

3

Eslatib oʻtamiz, avvalroq hamkorlikni kengaytirish doirasida Statistika agentligi va “OLX CLASSIFIEDS” MCHJ oʻrtasida oʻzaro hamkorlik Memorandumi imzolangan edi.

4

Statistika agentligi tomonidan mazkur yoʻnalishda kelgusida ham ishlar davom ettiriladi. Oʻz navbatida, Statistika agentligi savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar bilan ikki tomonlama oʻzaro manfaatli hamkorlik oʻrnatishga tayyorligini bildiramiz.