Joriy yilning yanvar- oktabr oylari mobaynida Toshkent viloyatida import hajmi 3166,7 mln. AQSh dollarni (2022-yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 115,0 %) tashkil etdi. Import tarkibida eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari (31,2 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (16,9 %), nooziq-ovqat xomashyosi (yoqilg‘idan tashqari) (13,8 %), sanoat tovarlari (16,0 %) hamda kimyoviy vositalar va shu kabi mahsulotlar (10,3%) hisobiga to‘g‘ri keldi.