2023- yilning yanvar-oktabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida ovqatlanish tashkilotlarining savdo aylanmasi 4,9 %ni tashkil etib, 1040,1 mlrd. so‘mga yetdi va 2022- yilning mos davriga nisbatan 5,6 %ga ko‘paydi. Bunda jami savdo aylanmasining 79,7 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.