21/11/2023

 2023- yilning yanvar – sentabr yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyatida  qishloq, o‘rmon  va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lar umumiy hajmining 96,2 %i -dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar, 2,9%i – o‘rmon xo‘jaligi, 0,9 %i – baliqchilik xo‘jaligi hissasiga to‘g‘ri keladi.

 Shahar va tumanlar kesimida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining eng yuqori hajmi Bekobod (3 021,2 mlrd. so‘m), Bo‘stonliq (2 462,8 mlrd. so‘m) va Parkent (2 183,7 mlrd. so‘m) tumanlarida qayd etildi.

 Yuqori o‘sish sur’atlari Yangiyo‘l shahar (111,8 %), Quyi Chirchiq (106,0%), Chinoz (104,1 %) va Bekobod (103,9 %) tumanlarida kuzatildi.