20/11/2023

2023- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyat korxonalari tomonidan 74588,6 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022- yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 103,6 %ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 85,6 %ni hamda ishlab chiqarish hajmi  63852,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Jami sanoat ishlab chiqarishi fizik hajmi oʻsishining asosiy omili bo‘lib, togʻ-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash – 9,4 %ga, elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalashning – 21,4 %ga oʻsganligi ta’sir qildi.