17/11/2023

Joriy yilning 17-noyabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari E.Urunov, Xizmatlar sohasi statistika bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari J.Abdullaev, hudud bo'lim boshliqlari va xodimlari ishtirokida “Xizmatlar sohasi kuzatuvlarini oʻtkazish” boʻyicha  seminar tashkil etildi. Seminarda III chorakda o'tkazilgan kuzatuvlarda aniqlangan kamchiliklar tahlili va 2023- yil 20-30 noyabr kunlari  planshet orqali o'tkaziladigan kuzatuvlarni belgilangan qoidalar asosida oʻtkazilishi,  ulardagi muammoli holatlar, kamchiliklar yechimini koʻrsatgan holda oʻz vaqtida kuzatuv natijalarini toʻgʻri va xatosiz planshet qurilmasiga kiritish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.