14/11/2023

2023- yilning yanvar-sentabr oylarida Toshkent viloyatida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 53,3 %i to‘g‘ri keldi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2022- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 101,2 %ni tashkil etgan holda 5 298,2 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.