09/11/2023

  Joriy yilning 9- noyabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida 2023- yil III chorak yakunlari boʻyicha boshqarmaning kengaytirilgan Kengash yigʻilishi oʻtkazildi. Unda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati, tarmoq hamda tuman (shahar) statistika bo‘lim xodimlari va boshlig‘lari qatnashdi. 

   Kun tartibiga binoan, Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘I Sh.Jamoldinov Kengash yigʻilishini ochib berib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining hujjatlari hamda topshiriqlarida Toshkent viloyati statistika boshqarmasining oldiga qoʻyilgan vazifalar va tizimda 2023-yil III choragida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi borasida toʻxtalib oʻtdi.

Kengash yigʻilishi davomida, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-son qarori doirasida amalga oshirilgan ishlar, “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni ijrosini taʻminlash yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek Kengash yigʻilishi yakunida 2023-yil III-choragi davomida erishilgan yutuqlar o’qib eshitirilib, chorakda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklardan oʻzlariga tegishli xulosa chiqarib olishlarini hamda kelgusida bu kabi kamchiliklarning oldini olish boʻyicha aniq chora tadbirlar koʻrishlari, statistika ishlari dasturida belgilangan vazifalar boʻyicha ijro holati, hisobotlar qamrovi ham kuzatuvlarni aniq va sifatli bajarilishini taʼminlash boʻyicha takidlab o’tildi.