2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Toshkent viloyatida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 965,2 mlrd. so‘mga yetdi. 2022-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati esa 104,8 % ni tashkil etdi.
Ushbu xizmatlar bo‘yicha eng yuqori o‘sish sur'atlari Olmaliq shahar - (107,8 %) va Bo‘stonliq tumanida - (107,6 %) qayd etildi.