06/11/2023

Joriy yilning 1-oktabr holatiga Toshkent viloyatida doimiy aholi soni 3 mln 36 ming 250 kishini tashkil qildi va yil boshidan beri 42,8 ming kishiga yoki 1,4 foizga ko‘paydi. Shundan,shahar joylarida 1 517,7 ming kishi yoki jami aholi sonining 49,99 foizni va qishloq joylarida 1 518,6 ming kishi yoki 50,01 foizi istiqomat qiladi.

Viloyat hududida aholi sonining eng ko‘p o‘sishi  shaharlardan Olmaliqda (104,9 %), Nurafshonda (103,7 %), Angrenda (102,5 %), Yangiyo‘lda (103,4 %), tumanlardan Toshkentda (102,7 %), Chinozda (102,2 %) kuzatildi.