Joriy yilning 3-noyabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari E.Urunov hamda “Investitsiya va qurilish statistikasi” boʻlimi boshlig‘i A.Zuxriddinovlar tomonidan hududlarda 4 TJ soʻrovnoma oʻtkazish boʻyicha tuman (shahar) statistika boʻlimidan jalb qilingan intervyuyrlar ishtirokida masofaviy videoaloqa orqali seminar tashkil etildi.
Onlayn seminarda foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylar va hovlidagi xoʻjalik qurilishlari tanlanma statistika kuzatuvlarining asosiy maqsadi, kuzatuv instrumentariysi, tanlab olish tartibi va bosqichlari, soʻrovnomani toʻldirish va intervyuyrlarning majburiyatlari haqida tishintirishlar berib oʻtildi.