Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning 1- oktabr holatiga viloyatda doimiy aholi soni 3 036,3 ming kishini tashkil qildi va yil boshidan 42,8 ming kishiga yoki 1,4 %ga ko‘paydi. Shundan, 1 517,7 ming kishi - shahar joylarida (jami aholi sonining 49,99 %) va 1 518,6 ming kishi - qishloq joylarida (50,01 %) ni tashkil etdi.