31/10/2023

2023- yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, tashish va saqlash xizmatlari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1 519 taga yetdi va jami viloyatdagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonaning 3,4 foiz ulushini tashkil etdi.

Quruqlikdagi va quvur transporti yo‘nalishida tashish va saqlash xizmatlari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning 74,0 foizni va soni bo‘yicha1 124 tani tashkil etdi.

Ombor xo‘jaligi va yordamchi transport yo‘nalishida tashish va saqlash xizmatlari faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning 23,6 foizni va soni bo‘yicha 359 tani tashkil etdi.  

Pochta va kuryerlik xizmatlari faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning  2,3 foizni va soni bo‘yicha 35 tani  tashkil etdi.