Toshkent viloyatida 2023– yilning yanvar–sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 57 466 tonna uzum yetishnitirildi.
Uzum ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, uzum ishlab chiqarish umumiy hajmidan 75,8 %i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.
Uzum yetishtirishning asosiy qismi Parkent tumaniga to‘g‘ri keladi, bu ko‘rsatkich viloyatning jami yetishitirilgan mahsulotning 64 %dan ortig‘ini tashkil etdi va 36 755 tonnaga yetdi.