Joriy yilning yanvar-sentabr oylari mobaynida import hajmi 2 836,6 mln. AQSh dollarni (2022- yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 115,1 %) tashkil etdi.
Import tarkibida eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari (30,8 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (17,1 %), nooziq-ovqat xomashyosi (yoqilg‘idan tashqari) (14,1 %), sanoat tovarlari (16,0 %) hamda kimyoviy vositalar va shu kabi mahsulotlar (10,2 %) hisobiga to‘g‘ri keldi.