2023- yilning yanvar – sentabr oylarida Toshkent viloyatining barcha toifadagi xo‘jaliklari tomonidan 817,4 ming tonna sabzavotlar yetishtirildi.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan sabzavotlar yetishtirilishi 2,1 %ga ko‘paygan.
Sabzavot yetishtirish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, sabzavot yetishtirish umumiy hajmidan 78,2 % dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.