27/10/2023

Joriy yilning 27- oktabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida “Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligining “Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati” bo‘limi boshlig‘i Botir Melikmurotov, viloyat statistika boshqarma boshligʻi Shuxrat Jamoldinov hamda boshqarmaning barcha xodimlari ishtirok etishdi.

Seminarda Statistika agentligining “Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati” bo‘limi boshlig‘i Botir Melikmurotov soʻzga chiqib, so‘ngi yillarda O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan 2017- yil 3- yanvardagi “Korrypsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” Qonun hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator farmon va qarorlari qabul qilinib ijroga qaratildi.

Shu bilan birga statistika agentligida korrupsiyani oldini olish bo‘yicha ichki idoraviy hujjatlar tasdiqlandi. Staitsika organlari xodimlari korrupsiyaviy jarayonga duch kelgan taqdirda o‘z vaqtida yuqori turuvchi organlarga murojaat qilish tartibi tushintirib o‘tildi.

Seminar davomida statistika organlarida mazkur yo‘nalishlarda ishlarni yanada kuchaytirish, “Halollik vaksinasi” jamoada shakllantirish va xodimlarning ish faoliyati jarayoni boʻyicha tizimli nazorat o‘rnatish hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar muhokama etildi.