25/10/2023

Joriy yilning 25- oktabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi mazmun-mohiyatini anglash va ijrosini ta’minlash maqsadida seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma xodimlar ishtirok etishdi.

Seminarda boshqarma boshlig‘i Sh.Jamoldinov hamda bosh yuriskonsult R.Gafforovlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-300-son Qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish ishlari o‘tkazilib, bu borada kelajakdagi vazifalar belgilandi.